Yangiliklar/Iqtisod

Xorijiy marketpleyslar Oʻzbekistondagi savdolardan QQS toʻlay boshlaydi

Iqtisod 14 sentyabr, 09:48
Xorijiy marketpleyslar Oʻzbekistondagi savdolardan QQS toʻlay boshlaydi

2026-yil 12-dekabrdan boshlab O‘zbekistondagi xaridorlarga tovar sotadigan xorijiy marketpleyslar Soliq qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tishi va QQS to‘lashi shart bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar 10-sentabr kuni prezident imzolagan qonun bilan Soliq kodeksiga kiritildi.

O‘zbekiston hududida birinchi savdo amalga oshirilganidan so‘ng elektron maydonchaga soliq to‘lovchining elektron kabineti orqali hisobga turish uchun 30 kun beriladi. Mamlakatdagi faoliyat to‘xtatilgan taqdirda ham hisobdan chiqish 30 kun ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Marketpleyslar har chorakda soliq hisobotini taqdim etishi va hisobot choragi ortidan keladigan oyning 20-sanasidan kechiktirmay QQSni o‘tkazib borishi shart. Tovarlar jismoniy shaxslarga sotilganda soliq QQSni hisobga olgan holda tovarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.

Tuzatishlar O‘zbekiston elektron maydonchalari orqali ishlaydigan xorijiy sotuvchilarga ham taalluqli. Agar xaridorlar bilan hisob-kitoblar mahalliy marketpleys orqali amalga oshirilsa, aynan maydoncha operatori soliq agenti vazifalarini bajaradi.

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach — 2026-yil 12-dekabr kuni kuchga kiradi.

4580

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→