Toshkentdagi sirkni yirik madaniy-turistik markazga aylantirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston davlat sirki keng ko‘lamli yangilanish kutmoqda . Savdo-sanoat palatasida ma’lum qilinishicha, ishlar prezidentning Sirk san’ati va tomosha ko‘rsatuvlari ijodiy birlashmasini rivojlantirish to‘g‘risidagi farmoni doirasida olib borilmoqda.

Ishlar 2026-yil 2-iyundagi, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan prezident farmoni doirasida olib borilmoqda. Yo‘nalishlardan biri sifatida Sirk san’ati va tomosha ko‘rsatuvlari ijodiy birlashmasi faoliyatini rivojlantirish, shuningdek sirkni modernizatsiya qilish belgilangan.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birga O‘zbekiston davlat sirkiga tashrif buyurib, obyektning holati, uning infratuzilmasi va rivojlanish istiqbollari bilan tanishdi.

Muhokamalar chog‘ida 2,5 ming o‘rinli doimiy ko‘rgazma hamda madaniy-ko‘ngilochar maydon yaratish, unga tutash hududni obodlashtirish va sayyohlar uchun yanada jozibador muhit shakllantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Rejalashtirilgan ishlar qatoriga binoning muhandislik tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy shamollatish va isitish tizimlarini o‘rnatish, shuningdek tom oqishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ham kiritilgan. Alohida e’tibor sirkni rivojlantirish bo‘yicha kompleks texnik-iqtisodiy asos tayyorlashga qaratilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Rossiya, Xitoy va Fransiyadan konsalting kompaniyalarini jalb etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, barcha ta’mirlash va qurilish ishlari madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Modernizatsiya yaxunida sirkni madaniyat, ko‘rgazma faoliyati, tadbirkorlik, ko‘ngilochar industriya va turizmni birlashtiradigan ko‘p funksiyali markazga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
