Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekistonda alimentlarni bolaning iste’mol savati boʻyicha hisoblash taklif qilinmoqda

Siyosat 14 sentyabr, 15:00
Oʻzbekistonda alimentlarni bolaning iste’mol savati boʻyicha hisoblash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda alimentlarni ota-onaning rasmiy ish haqiga bog‘lashdan voz kechilishi mumkin. Buning o‘rniga to‘lovlar miqdorini bolaning ehtiyojlari va har bir yosh guruhi uchun minimal iste’mol savati asosida hisoblash taklif etilmoqda.

Bu haqda Oila va xotin-qizlar ishlari qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar aliment miqdorini kamaytirish uchun haqiqiy daromadlarini yashirishi yoki kam maoshli ishga rasmiylashtirilishi holatlari tobora ko‘proq uchramoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, to‘lovlarni hisoblashda ona yoki otaning ish haqi emas, balki bolani ta’minlashga ketadigan real xarajatlar inobatga olinadi. Buning uchun hokimiyatlar yosh toifalari bo‘yicha minimal iste’mol savatini belgilashni rejalashtirmoqda. Alimentlarni undirish bo‘yicha ayrim funksiyalarni Majburiy ijro byurosidan xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda aliment miqdori ota-onaning daromadi va bolalar soniga bog‘liq. Biroq, BPI ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lovchilarning qariyb 61%i doimiy ish o‘rniga yoki barqaror daromad manbaiga ega emas, bu esa ko‘pincha to‘lovlarni undirishni murakkablashtiradi.

5970

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→