Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik qoʻshma loyihalarni tayyorladi

Siyosat 14 sentyabr, 13:21
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik qoʻshma loyihalarni tayyorladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Li Chje Myon Seulda muzokaralar o‘tkazdi. Yakunida tomonlar strategik sheriklikni kengaytirish va qariyb 12 mlrd dollar miqdoridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Uchrashuv davomida savdoni rivojlantirish, investitsiyalar hajmini oshirish, o‘ta muhim minerallar, transport va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yetakchilar Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning sanoat salohiyatini birlashtiradigan innovatsion-texnologik alyansni tashkil etishga alohida e’tibor qaratdi. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida IT, kiberxavfsizlik, tibbiyot, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tilga olindi.

Shuningdek, tomonlar ta’lim, kadrlar tayyorlash va harbiy-texnik sohada hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi.

Alohida kelishuv sifatida 2027-yilda O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili o‘tkazilishi belgilandi. Ikki mamlakat Hududlar forumi navbatdagi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

4010

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→