Oʻqishning birinchi kunida Toshkent metropoliteni 288 mingdan ortiq yoʻlovchini tashidi

O‘zbekiston OTMlarida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi keskin oshdi. Metroning 14-sentabr kuni ish boshlaganidan keyingi dastlabki besh soatida uning xizmatlaridan 288 187 kishi foydalandi.
Toshkent metropoliteni ma’lumotlariga ko‘ra, 05:00 dan 10:00 gacha eng ko‘p yo‘lovchi «Chinor», «Sergeli», «Choshtepa», «Olmazor», «Chilonzor», «Buyuk ipak yo‘li», «Do‘stlik» va «Beruniy» bekatlarida qayd etildi.
Yo‘lovchilar oqimi ortganiga xizmat ko‘rsatish uchun tig‘iz soatlarda poyezdlar harakati oralig‘i qisqartirildi:
- Chilonzor yo‘nalishida — 1,5-2 daqiqagacha;
- «O‘zbekiston» yo‘nalishida — 3 daqiqagacha;
- Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqagacha;
- yer usti halqa yo‘nalishida — 7-8 daqiqagacha.
Metropolitenda yo‘lovchilar oqimi doimiy ravishda kuzatib borilayotgani va zarurat tug‘ilganda yo‘lovchilarning xavfsizligi hamda qulayligini ta’minlash uchun poyezdlar harakati oralig‘i moslashtirilishi davom ettirilishi qayd etildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
