Shavkat Mirziyoyev 13–16\-sentabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan boradi

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13–16-sentabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan boradi.
Tashrif doirasida Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, yirik koreys kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Muzokaralarda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish, ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» birinchi sammitida ishtirok etadi. Unda savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Seul deklaratsiyasini qabul qilish kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
