O‘zbekistonda bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglarga 5 BHMgacha jarima solinadi

O‘zbekistonda ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi. Tegishli normalar 11-sentabrda qabul qilingan O‘RQ–1174-son Qonunda nazarda tutilgan.
Ta’lim tashkilotida bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgan, uni kamsitgan yoki xo‘rlagan mas’ul shaxsga 1–5 BHM miqdorida jarima solinishi mumkin.
Bunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bir yil davomida maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va bolalarga qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.
Qonunda, shuningdek, davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun ota-onalarni aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
