Yangiliklar/Jamiyat

Olmazor va Yunusobod tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha uziladi

Jamiyat 12 sentyabr, 18:04
Olmazor va Yunusobod tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha uziladi

2026-yil 13-sentabr kuni soat 01:00 dan 04:00 ga qadar Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Shu davrda 110 kV li L-DOK-1 elektr uzatish liniyasining 36-tayanchida kabel tarmogʻi ta’mirlanib, ikki tumanning ma’lum hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Olmazor tumanidagi “Ibrohim ota”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Gulsaroy”, “Elparvar”, “Miskin” mahallalari hamda “Oxil” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.

Yunusobod tumanidagi “Astrobod”, “Turkiston”, “Mingchinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Xamk” mahallalari, “Orobod”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Registon”, “Yulayriq” hamda “Uch Qahramon” mahalla fuqarolar yigʻinining ayrim hududlarida yopilish toʻxtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugallangach, elektr ta’minoti tiklanadi.

7250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→