Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda yo‘l haqini to‘lamaganlar jarimaga tortilmoqda, kuniga qariyb 600 ta holat aniqlanmoqda

Jamiyat 10 sentyabr, 12:00
Toshkentda yo‘l haqini to‘lamaganlar jarimaga tortilmoqda, kuniga qariyb 600 ta holat aniqlanmoqda

1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqi transportga chiqish paytida to‘lanishi shart. Avtobusga kirishda to‘lovni amalga oshirmagan yo‘lovchilar chiptasiz yo‘lovchi deb hisoblanadi.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-sentabr holatiga qadar 4696 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu kuniga o‘rtacha 587 ta qoidabuzarlik holatini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, avgust oyida har kuni o‘rtacha 350 ga yaqin qoidabuzarlik qayd etilgan. Shunday qilib, ko‘rsatkich qariyb 68 foizga oshgan.

Yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasi 5-qismiga muvofiq 44 ming so‘m miqdorida jarima belgilanadi.

4690

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→