Bungʻurlik fuqaro toʻrt yildan beri hukumat ma’lumotlar bazasida oʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Bibimaryam Xolbutayeva to‘rt yildan buyon tirik ekanini isbotlay olmayapti. Elektron ma’lumotlar bazalarida, Face ID tizimida va MyGov ilovasida u vafot etgan shaxs sifatida qayd etilgan.
Xatolik 2022-yil avgust oyida tug‘ruqxonada yuz bergan. Shifokor ma’lumotlar bazasiga homilaning nobud bo‘lganini kiritgan, biroq adashib ona pasporti ma’lumotlarini vafot etgan chaqaloq ma’lumotlariga biriktirib yuborgan. Natijada tizimda «ona va bola vafot etgan» degan qayd paydo bo‘lgan.
Ayol bu holatdan 2023-yilda tug‘ruqxonaga ikkinchi marta murojaat qilganida xabar topgan. Tizim uning ma’lumotlarini topa olmagan va unga: «Fuqaro, siz vafot etgan deb qayd etilgansiz», deb aytishgan. Tug‘ruqxona xodimlari xatoni tan olib, bu haqda yozma tasdiqnoma bergan.
Hujjatlarning bir qismi keyinchalik tuzatilgan va ikkinchi farzandi uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan. Biroq biometrik tizimlardagi xatolik bugungi kungacha saqlanib qolgan. Face ID orqali tekshirilganda «fuqaro tirik emas» degan natija chiqadi. Ayol kredit olish uchun murojaat qilib, pasportini taqdim etganida ham tizim rad javobini bergan. MyGov ilovasida ham ayni ma’lumot aks etgan. Xolbutayeva 1000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida esa unga: «Agar siz vafot etgan deb qayd etilgan bo‘lsangiz, murojaatingizni qabul qila olmayman», deb javob berishgan.
Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokor tomonidan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolik faktini tasdiqladi va muammo, jumladan Face ID tizimida ham bartaraf etilganini ma’lum qildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
