Shavkat Mirziyoyev Belgradga rasmiy tashrif bilan keldi - Kula Belgrad osmonoʻpar binosi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga boʻyalgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan 7-sentabr kuni rasmiy tashrif bilan Belgradga keldi – ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor. Serbiya havo hududida Oʻzbekiston delegatsiyasi samolyotiga mamlakat harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qildi.

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda martabali mehmonlarni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. Har ikki davlatning davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul safi tuzildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining kelishi sharafiga Belgraddagi “Kula Belgrad” osmonoʻpar binosi Oʻzbekiston davlat bayrogʻi ranglarida yoritilgan.

Kechqurun rasmiy ziyofat boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni Prezident Vuchich, birinchi xonim Tamara Vuchich, Milliy assambleya raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Djuro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Qabulda Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifining tarixiy ahamiyati, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Tashrifning asosiy dasturi bugun boshlanadi: oliy darajadagi muzokaralar, ikki davlat rasmiylari va ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar paketini imzolash rejalashtirilgan.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
