Tadqiqot haydovchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqlarni aniqladi

Tez ritmli musiqa tinglash haydovchilarning yo‘ldagi xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin. Vice nashri e’tibor qaratgan tadqiqot mualliflari shunday xulosaga kelgan. Mutaxassislar avtomobilda tinglash uchun mo‘ljallangan 30 ta mashhur Spotify pleylistini o‘rganib, ularda eng ko‘p uchragan 50 ta qo‘shiqni tahlil qilgan.
Tadqiqot davomida kompozitsiyalarning tempi asosiy mezon sifatida baholangan. Tadqiqotchilar fikricha, daqiqasiga 120 martadan ortiq zarbaga ega qo‘shiqlar haydovchilarning tezroq harakatlanishiga, diqqatining pasayishiga va ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat insonning harakatlari musiqa ritmiga beixtiyor moslashishi bilan izohlanadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Ed Shiranning Shape of You qo‘shig‘i eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, uning tempi 192 BPMni tashkil etgan. Ushbu trek o‘rganilgan 30 ta pleylistning 24 tasida uchragan.
Haydovchilarni ko‘proq chalg‘itishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:
- Ed Sheeran — Shape of You;
- Oasis — Wonderwall;
- The Kid Laroy & Justin Bieber — Stay;
- Billy Idol — Rebel Yell;
- Blondie — One Way or Another;
- Pharrell Williams — Happy;
- Outkast — Hey Ya!;
- Queen — Don’t Stop Me Now;
- The Killers — Mr. Brightside;
- Bruno Mars — Locked Out of Heaven.
Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari mazkur qo‘shiqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfli deb atamaydi. Gap musiqa ritmi va haydovchining reaksiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida bormoqda. Mutaxassislar avtomobil boshqarayotganda tempi 60 dan 100 BPMgacha bo‘lgan musiqalarni tinglashni tavsiya qilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
