Putin sog‘lig‘i bo‘yicha «D» toifasidagi ko‘ngillilarni dronlarga qarshi himoyaga jalb etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Dunyo 6 sentyabr, 10:55
Putin sog‘lig‘i bo‘yicha «D» toifasidagi ko‘ngillilarni dronlarga qarshi himoyaga jalb etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Rossiyalik harbiy muxbir va Rossiya Qahramoni Yevgeniy Poddubniy Vladimir Putinga sog‘lig‘i bo‘yicha «D» toifasiga kiruvchi, ya’ni harbiy xizmatga to‘liq yaroqsiz bo‘lgan ko‘ngillilarni xizmatga jalb qilishga ruxsat berishni taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday fuqarolar obyektlarni dron hujumlaridan himoya qiluvchi hududiy bo‘linmalarda ishtirok etishi mumkin.

«Juda ko‘p odamlar buni xohlaydi», — dedi Poddubniy.

Bunday bo‘linmalar ayrim Rossiya hududlarida muhim obyektlarni uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoya qilish uchun tashkil etilgan.

Shu bilan birga, «D» toifasi harbiy xizmatga to‘liq yaroqsizlikni anglatadi. Shu sababli bunday fuqarolarni xizmatga jalb qilish uchun tegishli huquqiy o‘zgarishlar yoki alohida tartib zarur bo‘lishi mumkin.

4990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→