Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan OTMlar e’lon qilindi

Jamiyat 6 sentyabr, 21:45
O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan OTMlar e’lon qilindi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bitiruvchilar sifati indeksini e’lon qilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalarini ma’lum qildi.

Reytingga jami 20 ta OTM kiritilgan. Ular ijtimoiy-gumanitar, amaliy, tibbiyot, shuningdek, ijodiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha saralangan.

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishda Toshkentdagi Webster universiteti 76,3 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Amaliy fanlar yo‘nalishida Toshkent shahridagi Inha universiteti 74,2 ball bilan yetakchilik qildi.

Tibbiyot yo‘nalishida esa Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali 74 ball bilan eng yuqori natijani qayd etdi.

Ijodiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi egalladi. Muassasa 81,5 ball to‘plagan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi reytingga kiritilgan barcha OTMlar orasida ham eng yuqori natijani qayd etdi — 81,5 ball.

Bitiruvchilar sifati indeksi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash natijalarini baholash ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

1,0700

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→