Shavkat Mirziyoyev 7–8-sentabr kunlari Serbiyaga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7–8-sentabr kunlari ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan boradi.
Tashrif doirasida Belgradda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, ikki davlat rasmiylari va ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalari sohalaridagi qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Tashrif yakunida hukumatlar va idoralar o‘rtasida qator hujjatlarni imzolash kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
