O‘zbekistonda shifokorlar yiliga 50 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz kasbiy ta’limning yangi tizimi joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tizim bo‘yicha taqdimot bilan tanishib, uni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangi tizim kredit-modul tamoyili asosida ishlaydi. Oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yiliga kamida 50 kredit, o‘rta tibbiy ma’lumotga ega mutaxassislar esa kamida 28 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi.
To‘plangan kreditlar mutaxassisni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning kasbiy malakasini tasdiqlashda hisobga olinadi.
Tibbiyot xodimlari ta’lim provayderi, dastur va o‘qish shaklini mustaqil tanlashi mumkin. An’anaviy va masofaviy ta’lim, onlayn kurslar, ish joyida malaka oshirish, seminar va treninglardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy dasturlar orqali olingan kreditlarni ham tan olish mexanizmi joriy etiladi. Ta’lim beruvchi tashkilotlar va ularning dasturlari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Kreditlarni hisobga olish va boshqa jarayonlar raqamlashtiriladi.
Tizim faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi tashkil etiladi. Markaz ta’lim sifatini nazorat qilish va zamonaviy standartlarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim dasturlarida eng ko‘p uchraydigan va xavfli kasalliklarga alohida e’tibor qaratiladi. Kardiologiya, shoshilinch tibbiy yordam va onkologiya bo‘yicha dasturlar xorijiy yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev tibbiy ta’lim, mustaqil baholash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonlarini yagona tizimga birlashtirish vazifasini belgiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
