Toshkentda 6-sentabr kuni Zamonaviy san’at markazi ochiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, uning imkoniyatlari bilan tanishdi. Markazning rasmiy ochilishi 6 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Markaz O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining flagman loyihasi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi bunday ko‘lamdagi ilk davlat madaniyat muassasasidir. Bu yerda ko‘rgazma, ta’lim, tadqiqot va ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari birlashtiriladi.

Markaz me’mor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida 1912-yilda qurilgan tarixiy binoda joylashgan. Dastlab bino tramvay deposi sifatida foydalanilgan, keyinchalik elektr stansiyasiga moslashtirilgan. Uni qayta tiklash konsepsiyasini Fransiyaning Studio KO arxitektura byurosi ishlab chiqqan. Rekonstruksiya jarayonida binoning tarixiy qiyofasi va industrial xususiyatlari saqlab qolingan hamda zamonaviy madaniy maskanga moslashtirilgan.

Majmuada ko‘rgazma va ta’lim maydonlari, maxsus kutubxona hamda tadqiqot arxivi tashkil etilgan. Shuningdek, uchrashuvlar va ommaviy tadbirlar uchun maydonlar, konsept-stor va restoran faoliyat yuritadi. Kelgusida bu yerda ko‘rgazmalar, ma’ruzalar, kinonamoyishlar, konsertlar, performanslar, mahorat darslari va art-rezidensiyalar o‘tkaziladi.

Markaz o‘z faoliyatini bilim, ma’naviy meros va madaniy xotira mavzulariga bag‘ishlangan Hikmah («Hikmat») xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Unda taniqli rassomlarning 11 ta asari namoyish etiladi. Ular orasida Nyu-Yorkdagi Solomon R. Guggenxaym muzeyi kolleksiyasiga mansub va O‘zbekistonda ilk bor namoyish etiladigan installyatsiya ham bor.

Markaz xalqaro madaniyat muassasalari bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan. Ular orasida AQShdagi Guggenxaym muzeyi va Osiyo san’ati milliy muzeyi, Buyuk Britaniyaning Tate va Delfina Foundation tashkilotlari, Fransiyaning Pompidu markazi hamda Koreya san’at kengashi bor.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
