Yangiliklar/Jamiyat

Maktab direktori dars soatlari uchun pora evaziga 2 yil qamoq jazosiga hukm qilingan

Jamiyat 4 sentyabr, 16:30
Maktab direktori dars soatlari uchun pora evaziga 2 yil qamoq jazosiga hukm qilingan

Qashqadaryo viloyatida maktab direktori tarix fani oʻqituvchisidan pora olganlikda aybdor deb topilib, ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ish materiallariga koʻra, Chiroqchi tumanidagi maktab rahbari oʻqituvchidan 2026/2027 oʻquv yilida 10 ta qoʻshimcha dars soati ajratgani uchun 700 dollar talab qilgan.

2025-yil 26-mayda direktor 50 dollar miqdoridagi summaning birinchi qismini oldi. Keyinroq u yana 400 dollar olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi 2026-yil 20-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz tuman sudida koʻrib chiqilgan. Direktor Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan aybdor deb topilib, ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

1,8530

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→