Toshkent viloyatida qalbaki maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yer osti sexi fosh qilindi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida avgust oyi oxirida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida yirik hajmdagi soxta mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan yashirin sex aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona rahbari U.A. mashhur brendlar nomi ostida gigiyenik kosmetika va maishiy kimyo mahsulotlarini noqonuniy ravishda ishlab chiqargan.
Musodara qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 141,8 mln so‘mni tashkil etadi. Asosiy dalil sifatida quyidagilar olib qo‘yildi:
- 5660 dona Grass Azelit tozalash vositasi;
- 5080 dona Comet mahsuloti;
- 2890 dona Clear shampuni;
- 1680 dona Chistaya Liniya shampuni;
- 1224 dona Safeguard mahsuloti;
- 1000 qadoq Comet kukuni;
- 486 dona Yumos mahsuloti;
- Clear, Head & Shoulders va Grass Azelit mahsulotlarining bo‘sh qadoqlari;
- 350 kg bo‘r.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xulosasiga ko‘ra, mazkur mahsulotlar xavfsizlik talablariga javob bermaydi va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli butun partiya foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni sotish maqsadida ishlab chiqarish yoki saqlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
