Rossiya Moskva va bir qator shaharlardagi aeroportlarni vaqtincha yopdi

Dunyo 3 sentyabr, 14:04
Rossiya Moskva va bir qator shaharlardagi aeroportlarni vaqtincha yopdi

3-sentabr kuni Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) Moskvaning Sheremetyevo, Domodedovo va Vnukovo aeroportlarida, shuningdek Yaroslavl, Gelendjik va Sochi aeroportlarida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etdi. Bunga tunda amalga oshirilgan dronlar hujumi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududi xavfsiz emasligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva aeroportlarida 100 dan ortiq reys kechiktirilgan yoki bekor qilingan:

  • Sheremetyevo aeroportida 59 ta reys kechiktirildi.
  • Vnukovo aeroportida 26 ta reys kechiktirildi, 7 ta reys bekor qilindi. Ular orasida Samarqand va Istanbul yo‘nalishlari ham bor.
  • Domodedovo aeroportida 17 ta reys kechiktirildi, Kulyab va Samarqandga parvozlar bekor qilindi.
  • Jukovskiy aeroportidan Dushanbe yo‘nalishidagi reys bekor qilindi.

Vaziyat Boku yo‘nalishidagi parvozlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Moskva va Ozarbayjon poytaxti o‘rtasida amalga oshiriladigan UTair, “Aeroflot” va AZAL reyslarining holati hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi boshchiligidagi qator xorijiy tashuvchilar Rossiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Ukraina esa Rossiya havo hududi xavfsiz emasligi haqida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ni rasman xabardor qilgan.

1,5120

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→