Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda 114 ta muzeyga kirish bir hafta davomida bepul bo‘ladi

Jamiyat 3 sentyabr, 13:50
O‘zbekistonda 114 ta muzeyga kirish bir hafta davomida bepul bo‘ladi

O‘zbekistonda 2–8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi, muzey-qo‘riqxona va uy-muzeylarga kirish bepul etib belgilandi.

Tashabbus aholining tarix, san’at va milliy madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Tashrif buyuruvchilar noyob muzey eksponatlari, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar va mamlakatning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. “Muzeylar haftaligi” doirasida qator muzeylarda ochiq eshiklar kunlari, ekskursiyalar va ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Madaniy meros agentligi fuqarolar va mehmonlarni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy boyliklari bilan yaqindan tanishishga chaqirdi.

2,3960

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→