Hokimlarga imtiyozli kreditlar berish uchun 3,2 trillion soʻm ajratiladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda “mahalla bankirlari” faoliyatini tanqid qildi va imtiyozli kreditlarni boshqarish vakolati hokimlar rahbarligidagi tuman shtablariga berilishini maʼlum qildi.
Prezidentning taʼkidlashicha, aksariyat bank xodimlari va hokim yordamchilari kredit kimga kerakligini, shuningdek lizing, faktoring, sugʻurta va kafolat kabi muqobil moliyalashtirish vositalaridan qanday foydalanishni yetarli darajada bilmaydi.
“Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha ishlab chiqilishidan oldin hanuz garov masalasini soʻramoqda”, dedi davlat rahbari.
Yangi tartibga koʻra, tuman shtablari kreditlarni kimga va qanday hajmda ajratish, ularni qaytarish muddatlarini uzaytirish hamda toʻlov jadvalini qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa faoliyat turlarining xususiyatlaridan kelib chiqib moslashtirish huquqiga ega boʻladi.
Shuningdek, yetakchi tadbirkorlar uchun garovsiz kreditlar dasturi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra:
- 10 ta oila bilan kooperatsiya qilgan tadbirkorlarga 500 million soʻmgacha;
- 100 ta oila bilan kooperatsiya qilgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi.
Tuman shtablari tasarrufiga jami 3,2 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Jumladan:
- 1,37 trillion soʻm — oilaviy tadbirkorlik dasturi uchun;
- 450 milliard soʻm — yoshlar biznesini qoʻllab-quvvatlash uchun;
- 240 milliard soʻm — Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasidan;
- 100 milliard soʻm — Bandlik jamgʻarmasidan;
- 760 milliard soʻm — “daftarlar” tizimi bilan bogʻliq jamgʻarmalardan.
Bundan tashqari, imtiyozli kreditlar shartlarini farmon va qarorlarda qatʼiy belgilash amaliyotidan voz kechiladi. Endilikda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
