Tailandga sayohat qilish uchun Oʻzbekiston fuqarolariga elektron viza kerak boʻladi

2026-yil 15-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari Tailandga faqat elektron viza (e-Visa) bilan kirishlari mumkin boʻladi. Oʻzbekiston vizasiz kirish amal qiladigan mamlakatlarning yangi roʻyxatiga kiritilmadi.
O‘zbekiston fuqarolari Tailandga safar qilishdan oldin e-Visa'ni Tailandning rasmiy portali orqali rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Ariza topshirishda safar maqsadi va muddati ko‘rsatiladi, zarur hujjatlar yuklanadi hamda konsullik yig‘imi to‘lanadi. Tailand vizalar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, e-Visa rasmiylashtirish narxi 40 AQSH dollarini tashkil etadi.
14 sentyabrgacha, shu jumladan, avvalgi kirish qoidalari amal qilishda davom etadi. Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar mamlakatga kirishga muvaffaq boʻlgan sayohatchilar Tailandda chegarani kesib oʻtish vaqtida amalda boʻlgan shartlarda qolishlari mumkin boʻladi.
Tailand rasmiylarining viza siyosatini qayta koʻrib chiqish qarori migratsiya ustidan nazoratni kuchaytirish va turistik rejimni suiiste’mol qilishga qarshi kurashish zarurati bilan izohlanadi. Shu bilan birga, aksariyat xorijiy sayyohlar uchun vizasiz kirish saqlanib qolmoqda, biroq qolish muddati 60 kundan 30 kungacha qisqartirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
