Yangiliklar/Jamiyat

Navoiyda poliklinika rahbari o‘rinbosari 1 500 dollar olayotganda ushlandi

Jamiyat 2 sentyabr, 10:07
Navoiyda poliklinika rahbari o‘rinbosari 1 500 dollar olayotganda ushlandi

Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ozg‘on shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi rahbari o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman bo‘limi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mansabdor shaxs fuqaro O.A.dan 1 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, u ushbu mablag‘ evaziga ayolni shahar tibbiyot birlashmasiga hamshira lavozimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

4180

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→