Rossiya dizel yoqilgʻisi eksportiga qoʻyilgan taqiqni sentabr oxirigacha uzaytirdi

Dunyo 31 avgust, 13:00
Rossiya dizel yoqilgʻisi eksportiga qoʻyilgan taqiqni sentabr oxirigacha uzaytirdi

Rossiya hukumati dizel yoqilg‘isi, kema yoqilg‘isi va gazoyllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil 30-sentabrgacha uzaytirdi. Qaror ichki yoqilg‘i bozoridagi barqarorlikni saqlash maqsadida qabul qilindi.

Avvalroq ishlab chiqaruvchilar uchun yoqilg‘i eksportiga qo‘yilgan umumiy taqiqdan istisno amal qilgan edi. Mazkur cheklovlarning amal qilish muddati 31-avgustda yakunlanishi kerak edi, biroq Rossiya hukumati uni yana bir oyga uzaytirishga qaror qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan yoqilg‘i eksportiga qo‘yilgan umumiy taqiq 2027-yil 31-yanvargacha amal qiladi. Cheklovlar hukumatlararo bitimlar doirasidagi yetkazib berishlar hamda gumanitar maqsadlarda amalga oshiriladigan eksportga tatbiq etilmaydi.

Rossiya Energetika vazirligi avvalroq ushbu cheklovlar hukumatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladigan yetkazib berishlarga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq ham 2027-yil 31-yanvargacha, aviatsiya kerosini eksportiga qo‘yilgan cheklovlar esa 2026-yil 30-noyabrgacha uzaytirilgan.

7120

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→