Prezident AQSh vakili bilan AI va energetika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Bishkekda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi. Amerikalik diplomat prezidentga Donald Trampning salomini yetkazdi va Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston-AQSh hamkorligiga doir masalalar, jumladan, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki davlat oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar energetika, transport, muhim foydali qazilmalar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi “C5+1” formatidagi boʻlajak uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar iqtisodiy hamkorlik, sarmoyaviy, energetika loyihalari va transport tashabbuslari masalalarini koʻrib chiqildi.
Savdo va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlatning qoʻshma biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston-Amerika biznes va sarmoyaviy kengashining navbatdagi yigʻilishi ham muzokaralar mavzusi boʻldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
