Yangiliklar/Texnologiya

Butun dunyodagi foydalanuvchilar ChatGPT bilan bogʻliq muammolar haqida xabar berishmoqda

Texnologiya 31 avgust, 15:27
Butun dunyodagi foydalanuvchilar ChatGPT bilan bogʻliq muammolar haqida xabar berishmoqda

31-avgust kuni dunyo bo‘ylab ChatGPT foydalanuvchilari servis ishlashida uzilishlar kuzatilayotganidan ommaviy ravishda shikoyat qila boshladi. Muammolar haqida AQSH, Yevropa, Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalardan xabarlar kelmoqda. Foydalanuvchilar akkauntga kira olmaslik, so‘rov yuborishda xatoliklar yuz berishi va sahifalarning uzoq yuklanayotganini ma’lum qilmoqda.

Kun davomida shikoyatlar soni keskin oshdi. Eng ko‘p uchrayotgan muammolar qatorida chatbotning javob bermasligi, tarmoq xatoliklari hamda fayllarni yuklashdagi nosozliklar qayd etilmoqda. OpenAI’ning rasmiy status sahifasida texnik muammolar mavjudligi tasdiqlandi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim foydalanuvchilar ChatGPT xizmatlaridan foydalanishda javob berish tezligining pasayishi va turli xatoliklarga duch kelmoqda. Hozirda muhandislar muammoni bartaraf etish va platforma ishini barqaror holatga qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

Shuningdek, ChatGPT Work va OpenAI’ning dasturchilar uchun mo‘ljallangan ayrim servislarida ham nosozliklar kuzatilayotgani ma’lum qilindi. Kompaniya ayrim foydalanuvchilar vazifalarni ishga tushira olmayotgani yoki davom ettira olmayotganini bildirgan. Xabar e’lon qilingan paytda nosozlikning aniq sababi rasman ma’lum qilinmagan. OpenAI servislarining to‘liq tiklanish muddati ham hozircha ochiqlanmagan.

3590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→