Yangi Toshkentdagi favvora ikki jahon rekordini o‘rnatdi

Yangi Toshkentda qurilgan musiqali favvora Guinness World Recordsning ikki jahon rekordini qayd etdi. Rekordlarni tasdiqlovchi sertifikatlarni tashkilotning rasmiy hakami Meggi Luo topshirdi.
Favvoraning balandligi 232,69 metrni tashkil etadi. U ochiq havoda joylashgan musiqali favvoralar orasida dunyodagi eng balandi deb e’tirof etildi. Avvalgi rekord 204,7 metr bo‘lib, Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi favvoraga tegishli edi.
Ikkinchi rekord suvning dumaloq ekraniga tushirilgan proyeksiya bilan bog‘liq. Uning maydoni 2617,23 kvadrat metrni tashkil etadi. Avvalgi eng katta proyeksiya maydoni 2400 kvadrat metr bo‘lgan.
Yangi Toshkentdagi favvora majmuasi loyihasi joriy yil mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
