Shavkat Mirziyoyev: Qatagʻon qurbonlarini xotirlash mustaqillikni qadrlashga xizmat qiladi

28 avgust kuni “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida siyosiy qatagʻon qurbonlari va yurt ozodligi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Marosim ishtirokchilari Qur’on tilovat qilib, marhumlar ruhiga duo qilishdi. Shundan soʻng davlatimiz rahbari ruhoniylar, ziyolilar, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

“Mana 35 yildan buyon biz mustaqil yurtda tinch osmon ostida yashayapmiz. Bu katta baxt, bebaho boylik. Bunday kunlarda erk va mustaqillik uchun jon fido qilgan ajdodlarimizni yodga olish, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirish barchamizning burchimizdir», — dedi prezident.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, qatagʻon qurboni boʻlgan insonlar xotirasi nafaqat tarixning bir qismi, balki kelajak avlodlar uchun muhim saboq sifatida ham saqlanishi kerak.
“Bu insonlar xotirasiga qanchalik ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlsak, bugungi tinchlik, barqarorlik va mustaqillik qadrini shunchalik chuqur anglab yetamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda tarixiy adolatni tiklash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari taqdim etildi. 2021-2025-yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi 1,2 mingdan ortiq qatagʻon qurbonlarini reabilitatsiya qildi. Joriy yilda sovet tuzumi davrida nohaq sudlangan yana 161 kishi oqlandi.
Ayniqsa, “paxta” va “oʻzbek” ishi bilan bogʻliq voqealarga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilishicha, 1983-1990 yillarda 40 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi tergovdan oʻtgan, ulardan 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Suhbat chogʻida yoshlarning ta’lim va tarbiyasi masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Soʻnggi oʻn yil ichida mamlakatimizdagi oliy oʻquv yurtlari soni 77 tadan 205 taga koʻpaydi, dunyoning eng kuchli 100 taligiga kirgan universitetlarda 3,5 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi tahsil olmoqda.

Prezidentimiz yoshlarning milliy oʻzligini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi.
“Yoshlar milliy gʻurur asosida tarbiyalanishi kerak. Oʻz yurti, xalqi bilan gʻururlangan inson oʻz oldiga qoʻygan maqsadi sari dadil harakat qila oladi”, — ta’kidladi prezident.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari tarixiy xotirani asrab-avaylash, jadidlar merosini oʻrganish, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlar izchil davom etishiga ishonch bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
