Yangiliklar/Jamiyat

Olmaota – Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» ishga tushiriladi

Jamiyat 27 avgust, 17:10
Olmaota – Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» ishga tushiriladi

1-oktabrdan boshlab Olmaota – Toshkent xalqaro temiryo‘l yo‘nalishida ilk bor «Ayollar vagoni» xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu qaror mazkur yo‘nalishga bo‘lgan yuqori talab va Qozog‘iston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi yo‘lovchilar oqimining ortib borayotgani munosabati bilan qabul qilindi.

«Yo‘lovchi tashuvlari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonning ichki temiryo‘l yo‘nalishlarida «Ayollar vagoni» xizmatidan bugungi kunga qadar 946 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalangan. Hozirda №1/2 Olmaota-2 – Toshkent poyezdi har kuni qatnaydi. Poyezd Olmaatodan soat 19:05 da jo‘nab, Toshkentga Toshkent vaqti bilan 12:53 da yetib keladi. Qaytish yo‘nalishida esa poyezd Toshkentdan 14:41 da jo‘nab, Olmaatoga 08:51 da yetib boradi.

Yangi vagon ishga tushirilgach, «Ayollar vagoni» xizmati Qozog‘istonning 14 ta temiryo‘l yo‘nalishida mavjud bo‘ladi. Bunday vagonga chiptalar faqat ayollar uchun sotiladi. Shu bilan birga, kattalar hamrohligida safar qilayotgan 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarga ham yo‘lga chiqishga ruxsat beriladi. Yo‘lovchilarga faqat ayol provodniklar xizmat ko‘rsatadi.

Chiptalarni temiryo‘l kassalarida yoki «Yo‘lovchi tashuvlari» AJning rasmiy veb-sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin. Chipta rasmiylashtirishda ayollar vagonidagi o‘rinni bildiruvchi «JN» belgisine e’tibor qaratish lozim. Chiptalar savdosi poyezd jo‘nashidan 45 kun oldin boshlanadi, bu esa safarni oldindan rejalashtirish imkonini beradi.

2040

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→