Pokistonda tugʻruqxonada sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 14 nafar chaqaloq vafot etdi

26-avgust kuni ertalab Islomoboddagi Pokiston Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) ginekologiya boʻlimida yongʻin sodir boʻldi. Fojia oqibatida kamida 14 nafar yangi tugʻilgan chaqaloq halok boʻlgan, bir qator mahalliy OAV 15 nafar qurbonlar haqida xabar bergan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif voqea haqida xabar berib, halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, yongʻin mahalliy vaqt bilan soat 06:45 atrofida shifoxonaning uchinchi qavatida boshlangan. Mahalliy matbuotning yozishicha, favqulodda holatga yangi tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimiga oʻrnatilgan konditsioner tizimi kompressorining portlashi sabab boʻlishi mumkin.
Geo telekanalining xabar berishicha, yongʻin boshlanganda xonada 16 nafar chaqaloq boʻlgan. Faqat bitta bola saqlanib qolgan. Yongʻin oʻchirilgandan soʻng inshootlarni sovutish va shikastlangan binolarni tekshirish ishlari davom ettirildi.
Fojia sabablarini aniqlash uchun tuman hokimi oʻrinbosari boshchiligida maxsus komissiya tuzildi. Tergov yongʻin holatlarini aniqlashi va tibbiyot muassasasida xavfsizlik talablariga rioya etilishini baholashi kerak.
PIMSdagi yongʻin Pokiston kasalxonalarida soʻnggi yillarda sodir boʻlgan eng halokatli voqealardan biri deb nomlanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
