O‘zbekistonda davlat bog‘chalari uchun to‘lov miqdori o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining 25-avgustdagi qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Endilikda to‘lovlar qat’iy summa ko‘rinishida emas, bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) nisbatan koeffitsiyent asosida belgilanadi. Miqdor hudud, bolaning bog‘chada qolish davomiyligi va bir oiladan nechta bola bog‘chaga qatnashiga qarab farqlanadi.
1-sentabrdan BHM 440 ming so‘mni tashkil etadi.
Toshkent shahrida bir bola uchun oylik to‘lov 54 472 so‘mdan 413 292 so‘mgacha bo‘ladi. Bir oiladan bir nechta bola bog‘chaga qatnasa, har bir bola uchun to‘lov 36 300–294 756 so‘m etib belgilanadi.
Viloyat markazlarida bir bola uchun to‘lov 50 292–393 008 so‘m, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 44 836–350 284 so‘m, tuman markazlarida esa 40 568–311 828 so‘mni tashkil etadi.
Boshqa aholi punktlarida bir bola uchun oylik to‘lov 36 300–290 488 so‘m bo‘ladi. Bir oiladan bir nechta bola qatnaydigan hollarda esa har bir bola uchun 25 652–220 000 so‘m to‘lanadi.
Yangi tariflar bo‘yicha davlat bog‘chalaridagi ota-onalar to‘lovi o‘rtacha 6,8 foizga oshgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
