Obodonlashtirish xodimlari farzandlari va nabiralarining bir yillik kontrakti qoplab beriladi

Oʻzbekistonda sanitariya tozalash va obodonlashtirish sohasi xodimlari oʻrtasida “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovi e’lon qilindi. Gʻoliblar oʻz farzandlari yoki nabiralarining davlat universitetlarida bir yillik ta’lim olishi uchun toʻlovlarni olishlari mumkin boʻladi.
Tanlovda chiqindilarni yigʻish, tashish, joylashtirish va saralash bilan shugʻullanuvchi sanitariya tozalash korxonalari xodimlari, shuningdek, hududlarni tozalashga mas’ul boʻlgan obodonlashtirish xizmatlari xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar uchun asosiy talablardan biri ushbu sohada kamida 10 yillik samarali mehnat stajiga ega bo‘lish hisoblanadi.
Gʻoliblarning davlat oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan farzandlari va nabiralari uchun bir oʻquv yilidagi ta’lim xarajatlari qoplanadi. Toʻlov miqdori 30 ta asosiy hisoblangan qiymatgacha boʻladi (2026-yil 26-avgust holatiga koʻra, BHM 412 000 soʻmni tashkil etadi, ya’ni maksimal kompensatsiya 12,36 million soʻmni tashkil qiladi)
Ushbu qoʻllab-quvvatlash chorasidan foydalangan talabalar oʻqishni tugatgandan soʻng kamida uch yil davlat organlari yoki tashkilotlarida ishlashi kerak.
Hujjatlarni qabul qilish 1-sentabrdan boshlanadi va 1-oktabrga qadar davom etadi. Arizalar sanitariya tozalash va obodonlashtirish boshqaruvi kompaniyalari tomonidan qabul qilinadi. Ariza bilan birga nomzodning hujjatlari, ish joyidan tavsifnomalar, shuningdek, bola yoki nabiraning davlat universitetida oʻqiganligini va tanlov ishtirokchisi bilan qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni taqdim etish zarur.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
