Yangiliklar/Jamiyat

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” kartasiga o‘tkaziladi

Jamiyat 26 avgust, 20:21
Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” kartasiga o‘tkaziladi

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida nafaqalarni tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Nafaqa tayinlangach, mablag‘ fuqaroning “Baraka” ijtimoiy kartasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkaziladi. Qo‘shimcha ariza topshirish yoki bankka borish talab etilmaydi.

Agar fuqaroning “Baraka” kartasi bo‘lmasa, mobil ilova orqali virtual ijtimoiy karta avtomatik ochiladi. Jismoniy plastik karta kerak bo‘lsa, uni ilova orqali buyurtma qilish mumkin. Kasallik nafaqasi tayinlangan fuqarolarga “Baraka” kartasi bepul rasmiylashtiriladi.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi 2026-yil 1-yanvardan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi esa 1-iyuldan yangi tizim asosida to‘lanmoqda.

Nafaqalar davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi orqali elektron va proaktiv tarzda tayinlanadi. Bunda ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridan olinadi va fuqarodan alohida ariza talab qilinmaydi.

1,2310

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→