Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi savdo aylanmasi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi

Iqtisod 25 avgust, 10:38
Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi savdo aylanmasi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi

2026-yil boshidan buyon Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasining uchrashuvida ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining Jeyson Smit, Greg Merfi, Ronni Jekson va Edvard Keysdan iborat delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar strategik sheriklik va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshgan. Energetika, muhim foydali qazilmalar, transport, qishloq xoʻjaligi, sanoat va raqamli texnologiyalar sohalarida loyihalarni koʻzda tutuvchi uch yillik hamkorlik dasturini amalga oshirish davom etmoqda.

Shuningdek, Missuri, Shimoliy Karolina, Texas va Gavayi shtatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha biznes missiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

7250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→