Dushanbeda 11 yil qurilgan Tojikiston Milliy teatri foydalanishga topshirildi

24-avgust kuni boʻlib oʻtgan ochilish marosimida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Majlisi Milliy raisi, Dushanbe meri Rustam Emomali ishtirok etdi.

Loyihaning tarixi 2015-yilda, kelajakdagi teatrning poydevoriga birinchi tosh qoʻyilgan paytda boshlangan. Dastlab bino besh yil ichida qurilishi rejalashtirilgan boʻlsada, 2017-yilda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ish toʻxtatilgan. Qurilish faqat 2024-yil iyul oyida qayta tiklangan.
Bino mamlakatdagi eng yirik madaniy maskanlardan biriga aylandi. Majmuaning balandligi 34,5 metrni tashkil qiladi. Unda 2500 oʻrinli asosiy auditoriya, shuningdek, har biri 1000 kishiga moʻljallangan ikkita koʻp funksiyali zal mavjud.

Teatr qurilishi oʻn yildan koʻproq vaqt oldin boshlanganiga qaramay, muassasaning oʻzi nisbatan yaqinda paydo boʻlgan. Tojikiston Milliy teatri 2025-yil dekabr oyida tashkil etilgan boʻlib, 2026-yil yanvarida uning birinchi direktori lavozimiga Manuchehra Sharifzoda tayinlangan.

Mamlakat rasmiylari avvalroq yangi teatr mustaqil muassasa sifatida faoliyat yuritishini ta’kidlagan edi. Tojikiston Madaniyat vazirligi poytaxt teatrlarining yagona madaniy majmuaga oʻtkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni ham rad etdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
