Aero Nomad Bishkek va Toshkent oʻrtasida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻydi

“Toshkent” xalqaro aeroportida Qirgʻizistonning “Aero Nomad” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent – Bishkek yoʻnalishi boʻyicha birinchi muntazam parvozi kutib olindi.
Airbus A320 samolyoti 23-avgust kuni kechqurun Oʻzbekiston poytaxtiga qoʻndi. An’anaga koʻra, yangi aviatashuvchi suv archasi bilan kutib olindi, yoʻlovchilarga milliy taomlar taqdim etildi. Bishkekdan birinchi reys 163 nafar yoʻlovchini olib kelgan. Qirgʻiziston poytaxtiga qaytish reysi uchun 74 yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan.
Aero Nomad Bishkek va Toshkent oʻrtasida haftasiga ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi. Yoʻnalishda Aero Nomad yoʻlga qoʻyilishi bilan Toshkent va Bishkek oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni 3 taga koʻpaydi. Endilikda ushbu yoʻnalishda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” va “Centrum Air” aviakompaniyalari ham ishlaydi.
Kelgusida Qirgʻiziston aviatashuvchisi Bishkekdan Samarqand va Urganchga reyslarni ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Aero Nomad 2021-yilda tashkil etilgan va Bishkek xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Airbus A320 turkumiga kiruvchi samolyotlarda rejali va charter reyslarni amalga oshiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
