Yangiliklar/Jamiyat

Termiz avtobus parki 30 ta zamonaviy avtobuslar bilan toʻldirildi

Jamiyat 24 avgust, 18:00
Termiz avtobus parki 30 ta zamonaviy avtobuslar bilan toʻldirildi

Termizda Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Zongtong” rusumli 30 ta yangi avtobus shahar yoʻnalishlariga kirdi.

Transportni “Universal Elektrotexnik Servis” MChJ sotib olgan. Yangi avtobuslar yoʻlovchi tashish sifatini oshirish, shahar aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.

Qurilishning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi. Avtobuslar parkini yangilash aholiga transport xizmati koʻrsatish sifatini oshirishini ta’kidladi.

Yangi avtobuslar quyidagi yoʻnalishlarda harakatlanadi:

  • 1-son: Temir yoʻl vokzali – “Pattakesar” mahallasi;
  • 5-son: Istiqlol maydoni – Taxta bozori – Manguzar masjidi – Temir yoʻl vokzali – Istiqlol maydoni (aylanma yoʻnalish).
2,1110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→