Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 21 avgust, 14:50
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent magistral elektr tarmoqlari ma’lumotiga ko‘ra, 22-avgust kuni soat 00:00 dan 03:00 gacha «Ko‘rgazmali» podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Olmazor tumani:

  • "Kuyosh";
  • "Allon"
  • "Chustiy";
  • "Orzu";
  • "Ziyo";
  • "Universitet";
  • "Chimboy";
  • “Zamondosh”.

Shayxontohur tumani:

  • "Xudo bir toʻda";
  • “Yangi shahar”;
  • "Ilgor";
  • "Zafarobod";
  • "Buston."

Mutasaddilar aholidan elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olish uchun zarur choralarni oldindan ko‘rib qo‘yishni so‘radi.

3,9300

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→