Qozogʻistonda saylov paytida toʻldirilgan byulletenlarni suratga olish taqiqlandi

Dunyo 21 avgust, 15:15
Qozogʻistonda saylov paytida toʻldirilgan byulletenlarni suratga olish taqiqlandi

23-avgust kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Qurultoy deputatlari saylovida saylovchilar yangi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘ldirilgan byulletenni foto yoki videoga olish, shuningdek, uni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqatish taqiqlanadi.

Mazkur norma saylov qonunchiligiga joriy yil kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilangan. Tegishli tuzatishlar 11-iyun kuni imzolangan bo‘lib, 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan. MSK yangi tartibning asosiy maqsadi yashirin ovoz berish tamoyilini himoya qilish, saylovchilarning erkin tanlovini ta’minlash va saylov kuni siyosiy targ‘ibotning oldini olish ekanini ta’kidladi.

Saylov byulleteni saylov uchastkasida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Byulletenni olgan fuqaro ro‘yxatda imzo qo‘yadi, uchastka komissiyasi a’zosi esa byulletenga imzo chekadi. Komissiya a’zosi imzosi bo‘lmagan byulleten haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Saylovchilar byulletenni to‘ldirishda qalamdan emas, ruchkadan foydalanishi kerak. Qalam bilan qo‘yilgan belgilar, bir nechta partiyani tanlash, tuzatishlar kiritish yoki saylovchining irodasini aniqlash imkoni bo‘lmagan holatlar byulletenning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, yangi taqiq fotosuratlardan saylovchining ma’lum bir partiyaga ovoz berganini isbotlash vositasi sifatida foydalanilishining oldini olishga qaratilgan.

3860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→