“Oʻzbekfilm”ning 22,9 million yevro va 1 milliard soʻmga yaqin soliq qarzi bor

“Oʻzbekfilm” kinostudiyasining kredit majburiyatlari 22,9 million yevroga yetdi. Bu haqda Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, kreditlar uchun garov sifatida studiyaning mulki, jumladan, yer uchastkalari ham hisoblanadi. Bundan tashqari, “Oʻzbekfilm”ning 1 milliard soʻmga yaqin soliq qarzi toʻplanib qolgan. Shu bois yaqin kunlarda kompaniya balansida boʻlgan 12 ta avtomobil kimoshdi savdosiga qoʻyilishi mumkin.
Shuningdek, kinostudiya xodimlarining ish haqi boʻyicha qarzlari ham bor edi. Ahmedov ta’kidlaganidek, studiya oʻzini-oʻzi ta’minlash uchun har yili kamida 60 milliard soʻmlik buyurtmalarni bajarishi kerak. Aks holda, u oʻz xarajatlarini qoplay olmaydi.
Uning fikricha, “Oʻzbekfilm”da samarali biznes modeli yoʻq, kompaniya davlat buyurtmalariga qaramligicha qolmoqda. Kinematografiya agentligining fikricha, kinostudiya chuqur islohotga muhtoj. Xususiy sarmoyalarni jalb qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va oʻz mahsulotlarini bozorga mustaqil olib chiqishga qodir moliyaviy barqaror milliy kinokompaniya tashkil etish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
