«Turon», «Iqtidor» va «Jadidlar izidan» g‘oliblariga OTMga kirishda imtiyoz beriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi «Turon» maktab teatri, «Iqtidor» maktab ansambli va «Jadidlar izidan» tanlovlari g‘oliblari uchun oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar mavjudligini eslatdi. Tegishli imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonning iste’dodli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari hamda professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida “Turon” (maktab teatri), “Iqtidor” (maktab ansambli) va “Jadidlar izidan” tanlovlarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar musiqa, xoreografiya, teatr san’ati, folklor, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.
Xuddi shunday imtiyozlar tegishli ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tanlovlarda 1-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblar uchun ham amal qiladi.
Imtiyozga ko‘ra, abituriyentga kasbiy yoki ijodiy kirish imtihonida eng ko‘p ball ajratilgan fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bu esa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, “Iqtidor” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari orasida hali oliy ta’lim muassasasiga kirish yoshiga yetmagan o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
