Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortildi

Jamiyat 19 avgust, 15:00
Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortildi

Toshkent hayvonot bogʻida hayvonlarga tosh otgan tashrifchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Voqea 13 avgust kuni sodir boʻldi. Hayvonot bogʻi ma’muriyatining soʻzlariga koʻra, erkak avvaliga sherning oʻrasiga tosh otgan, shundan soʻng u kirpilarga tosh otishni boshlagan. Toshlarning bir qismi hayvonlarga tegdi. Shu bilan birga uning qilmishlarini yosh oʻgʻli ham takrorladi.

Huquqbuzarning shaxsi videokuzatuv kameralari yordamida aniqlangan. Kimligi aniqlangach, erkak oʻz aybini tan oldi va sodir boʻlgan voqea uchun uzr soʻradi. Mehmonga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, unga 2 million 884 ming soʻm miqdprida jarima solindi.

Hayvonot bogʻi ma’muriyati tashrif buyuruvchilarga hayvonlarni ovqatlantirish, ularga begona narsalarni uloqtirish, ularga zarar yetkazadigan yoki stressni keltirib chiqaradigan har qanday harakatlar qilish taqiqlanganligini eslatdi.

2250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→