Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va subsidiyalar berishning yagona qoidalari joriy etiladi

18-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi tartiblari kuchga kiradi. Qonunga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladigan biznes uchun beriladigan imtiyozlar, preferensiyalar va davlat ko‘magining boshqa choralarini o‘z ichiga olgan yagona reyestr tashkil etiladi.
Mazkur reyestrda amaldagi imtiyozlar, ularning amal qilish muddati, olish tartibi hamda foydalanuvchilar toifalari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Bu esa davlat ko‘magi tizimini tadbirkorlar uchun yanada shaffof va tushunarli qilishga xizmat qiladi.
Hujjatda biznesni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Ular orasida soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlar, grantlar, subsidiyalar, infratuzilmaviy yordam, kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa preferensiyalar mavjud.
Shuningdek, soliq imtiyozlarini berish tartibi ham aniqlashtirildi. Endilikda bunday imtiyozlar faqat Soliq kodeksi asosida yoki Prezident qarorlari bilan joriy etilishi mumkin. Bojxona imtiyozlari esa faqat Bojxona kodeksi doirasida taqdim etiladi.
Qonunda davlat ko‘magi yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, “yashil” texnologiyalarni rivojlantirish, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qo‘llab-quvvatlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish shular jumlasidandir.
Davlat imtiyozli kreditlar bo‘yicha banklarning foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berishi, maxsus kredit liniyalarini ochishi va biznesni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilishi mumkin bo‘ladi. Yana bir muhim norma sifatida tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalarni berishni asossiz ravishda rad etish taqiqlandi. Barcha qo‘llab-quvvatlash choralari teng sharoitlarda va shaffof mexanizmlar asosida taqdim etilishi lozim.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
