Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoati yil boshidan buyon 22 foizga oʻsdi

Iqtisod 19 avgust, 16:16
Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoati yil boshidan buyon 22 foizga oʻsdi

2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trillion so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalari ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 22,3 foizga oshdi.

Farmatsevtika sanoatida yetakchilikni Toshkent shahri saqlab qolmoqda. Poytaxtda besh oy davomida 1,8 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, mamlakatdagi umumiy hajmning asosiy qismi ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati egalladi. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi 443,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Toshkent viloyati esa 226,4 milliard so‘mlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.

Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan beshta hudud qatoriga, shuningdek:

  • Namangan viloyati — 169,1 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyati — 116,9 milliard so‘m kirdi.

Qolgan hududlar orasida Andijon viloyati (71,4 milliard so‘m), Farg‘ona viloyati (53,4 milliard so‘m) va Surxondaryo viloyati (49,3 milliard so‘m) nisbatan yuqori natijalarni qayd etdi.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Jizzax va Navoiy viloyatlarida kuzatildi. Ushbu hududlarda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 0,1 milliard so‘mdan iborat bo‘ldi.

3850

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→