2030-yilgacha 350 ming xonadon kichik GESlar hisobidan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

19-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish doirasida xususiy sektor ishtirokida umumiy quvvati 164 megavatt bo‘lgan qariyb 3 mingta kichik va mikro GES qurish rejalashtirilgan. Hozirgacha 64 ta loyiha ishga tushirilib, ularning jami quvvati 41,6 megavattga yetgan.
Taqdimotda investorlarda stansiyalarni qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish shartlari bo‘yicha savollar ko‘pligi qayd etildi. Shu bois auksion tizimini takomillashtirish, elektr energiyasini xarid qilish tariflarining eng quyi chegarasini belgilash hamda quvvatga qarab tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish taklif qilindi.
Shuningdek, quvvati 100 kilovattgacha bo‘lgan mikro GESlar uchun loyihalash va qurilish jarayonlari soddalashtiriladi. 50 kilovattgacha bo‘lgan obyektlar ayrim ekspertiza va nazorat tartiblaridan ozod etiladi.
Yana bir muhim masala sifatida uskunalarning importga qaramligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirda kichik va mikro GESlar uchun zarur gidroagregatlar hamda butlovchi qismlarning qariyb 90 foizi xorijdan olib kelinmoqda. Shu sababli mahalliylashtirishni kengaytirish va ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Rejalarga ko‘ra, 2030-yilgacha kichik va mikro GESlarning umumiy quvvati 204,8 megavattga yetkaziladi. Natijada yiliga 620 million kilovatt-soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu 350 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash, yiliga 187 million kub metr tabiiy gazni tejash hamda atmosferaga 311 ming tonna karbonat angidrid chiqishining oldini olish imkonini beradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
