Yangiliklar/Jamiyat

Xivada xalqaro forumlar va sayyohlar uchun zamonaviy markaz barpo etildi

Jamiyat 18 avgust, 12:10
Xivada xalqaro forumlar va sayyohlar uchun zamonaviy markaz barpo etildi

Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Xiva shahrida barpo etilgan yangi ob’yektlar: kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona va “Xiva Ichan-qal’a” qabullar uyi bilan tanishdi.

Mazkur obyektlar 2026-yil 30-apreldagi tegishli hujjat asosida barpo etilgan bo‘lib, ularning ishga tushirilishi natijasida qariyb 2 mingta yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 50 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish va xizmatlar eksportini 4 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Xorazm milliy me’morchiligi elementlari va zamonaviy uslublar uyg‘unligida qurilgan kongress-xoll xalqaro forumlar, biznes anjumanlar, hukumatlararo uchrashuvlar hamda madaniy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Maydoni 1,9 gektarni tashkil etuvchi majmuani barpo etish uchun 857 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Kongress-xollga tutash hududda 156 xonali, 310 o‘rinli uch yulduzli mehmonxona ham qurildi. Loyiha qiymati 169 milliard so‘mni tashkil etib, bu yerda 60 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Mehmonxonada restoran, bolalar xonasi, terrasa, yopiq basseyn, fitnes va sog‘lomlashtirish hududlari mavjud.

Davlat rahbari xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va rasmiy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi bilan ham tanishdi. Umumiy maydoni 2 gektar bo‘lgan ushbu majmua 260 milliard so‘m evaziga bunyod etildi. Binoda Xorazmga xos yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik san’ati va milliy koshinlardan keng foydalanilgan.

Davlatimiz rahbari yangi obyektlarga tashrifi chogʻida Xorazm viloyati jamoatchiligi vakillari bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda viloyatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

4990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→