Yangiliklar/Ekologiya

O‘zbekistonda hafta oxirigacha issiq va quruq ob-havo saqlanib qoladi

Ekologiya 17 avgust, 15:23
O‘zbekistonda hafta oxirigacha issiq va quruq ob-havo saqlanib qoladi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida 17-19-avgust kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi mamlakatning ko‘pchilik hududlarida havo harorati +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy viloyatlarda esa ayrim joylarda +40...+43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechalari harorat +18...+23 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Shamol tezligi sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, ayrim hududlarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Respublikaning shimoliy hududlarida 21-avgust kuni shamol tezligi 22-25 m/s gacha yetishi mumkin.

Toshkent shahrida ham hafta davomida yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi. Dushanba kuni kunduzi harorat +35 daraja atrofida bo‘lsa, haftaning qolgan kunlarida kechalari +20...+23 daraja, kunduzlari esa +35...+38 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Poytaxtda sharqdan esuvchi shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Ayrim paytlarda u 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shaharning ayrim hududlarida chang ko‘tarilishi ham kuzatilishi ehtimoli bor.

4350

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→