Yangiliklar/Jamiyat

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20 avgust kunlari o‘tkaziladi

Jamiyat 17 avgust, 13:47
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20 avgust kunlari o‘tkaziladi

19-20 avgust kunlari xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

  • 1-smena: 08:00 dan 11:00 gacha;
  • 2-smena: 15:00 dan 18:00 gacha.

Talabgorlar test o‘tkaziladigan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishlari va o‘zlari bilan pasport yoki ID-karta, shuningdek, abituriyent ruxsatnomasini olib kelishlari lozim.

Nazorat tekshiruvlaridan o‘tish uchun quyidagi muddatlarga amal qilish talab etiladi:

  • 1-smena ishtirokchilari — 07:30 gacha;
  • 2-smena ishtirokchilari — 14:30 gacha.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan, har bir majburiy fandan esa 10 tadan savol beriladi. Jami 90 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.

Savollarga javob berish va javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun talabgorlarga 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali olish mumkin.

3770

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→