Yangiliklar/Ekologiya

Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻini 24 soat davomida oʻchirildi

Ekologiya 15 avgust, 15:20
Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻini 24 soat davomida oʻchirildi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun” davlat oʻrmon xoʻjaligining “Homkon” uchastkasidagi oʻrmon hududida sodir boʻlgan yongʻin oʻchirildi. Tugatish uchun bir necha kun kerak boʻldi.

Yongʻin haqida “112” raqamiga 12-avgust kuni soat 17:15 da xabar qilingan. Olov quruq oʻt va shoxlarni qamrab olgan. Oʻchirish ishlariga 300 dan ortiq odam va 11 ta texnika jalb qilingan: 194 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligining 8 ta texnikasi, 60 nafar oʻrmon xoʻjaligi xodimi 3 ta texnika va 55 nafar koʻngilli.

Yongʻin 13 avgust kuni soat 17:30da toʻliq oʻchirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, yongʻin qariyb bir gektar maydondagi quruq oʻsimliklarni yoʻq qilgan. Aholi orasida qurbonlar yoʻq. Yongʻin sabablari aniqlanmoqda.

4450

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→